Yangiliklarga qaytish
Umumiy

G'OLIBONA YURISH DAVOM ETMOQDA!

19-aprel, 2024·2 min o'qish
IMG_20240419_181034_002

Bugun sevimli jamoamiz O'zbekiston kubogi guruh bosqichining 2-tur uchrashuvini safarda "Sirdaryo FA" klubiga qarshi o'tkpzdi. Aytish joizki, bu o'yinda futbolchilarimiz mahorat bobida yosh raqiblariga nisbatan ancha ustunlikka ega bo'ldi va ustunlik dastlabki hujumimizdayoq ko'zga tashlandi. 2-daqiqada chiroyli kombinasiya natijasida Shohruz Norxonov tezkor golga mualliflik qildi 0:1. Shundan so'ng ketma-ket xavfli va bir-biridan chiroyli harakatlarimiz 26-daqiqada ikkinchi golga ham olib keldi. Bu vaziyatda standart vaziyatlao qiroliga aylanayotgan Sanjar Qodirqulov kuchli zarba bilan hisobni oshirdi 0:2. Ushbu hisob tanaffussha qadar o'zgarmadi. Ikkinchi bo'limda Mirzohid G'ofurov hamda Bilolxon Toshmirzaevlar o'rniga maydonga Mixay Roman va Diyorjonlar Turopov tushirildi. Birinchi bo'limdagi kabi bu safar xam jamoamiz tezkor gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bu vaziyatda Abbosjon G'ulomovning chiroyli driblingi hisobning oshirilishiga sabab bo'ldi. Shundan so'ng ketma-ket bir-biridan chiroyli kombinasiya uyushtirgan vakillarimiz penaltidan hisobni yiriklashtirishdi. Golga Mixay Roman mualliflik qildi. 77-daqiqada esa Diyorjon Turopovning navbatdagi driblinggi yana gol bilan yakunlandi. Mezbonlar tomonidan kiritilgan yagona javob to'pi esa 60-daqiqada kiritildi. Bu vaziyatda yosh futbolchi Sarvar Ne'matov darvozamizni ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. Yakuniy hisob 1:5 jamoamiz foydasiga. Barcha futbolsevar muxlislarimizni bugungi g'alaba bilan muborakbod etib, sevimli jamoamizga keyingi bellashuvlarda omad yor bo'lishini tilaymiz O'zbekiston Kubogi 2-tur Sirdaryo FA – "Neftchi" 1:5 19-apreli. "Yangier" stadioni. 16:00 Gollar: Sarvar Ne'matov 60' – Shohruz Norxonov (Mirzohid G'ofurov) 2', Sanjar Qodirqulov 26', Abbos G'ulomov (Mixay Roman) 47', Mixay Roman penalti 53', Diyor Turopov penalti 77' Bosh hakam: Sultonmurod Abdurahmonov Yordamchi hakamlar: Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov Zaxira hakami: To'rabek Suyunov Nazoratchi: Valentin Kovalenko Komissar: Vladimir Nazarov Sirdaryo FA: 1.Asadbek Ergashev, 5.Diyorbek Samijonov, 6.Abbos Maxstaliev (4.Hayitboy Jo'raboev, 58), 7.Adham Olimjonov, 9.Inomjon Abdumajidov, 10.Azamat Abduhalilov, 13.Hojiakbar Mavlonov, 15.Muhammadali Adhamov (11.Sarvar Ne'matov, 58), 18.Abdumutal Tursunqulov, 22.Azizbek Umirzaqov, 27.Rabbimjon Hasanov Zaxira: 35.Shohruhmuhammad Yuldoshboev, 2.Elbek Qudratov, 8.Sardorbek Qobulov, 12.Sardorbek Saydazimov, 16.Asadbek Aytuvov, 19.Shohjahon Abdujalilov, 33.Yoqubjon Kadirov. "Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 3.Jaloliddin Jumaboev, 4.Boyan Siger, 8.Ketelin Karp (28.Behruz Oblaqulov, 78), 10.Shohruz Norxonov, 14.Xurshid Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Mirzohid G'ofurov (23.Diyor Turopov, 46), 24.G'ulomhaydar Gulyamov, 70.Abbos G'ulomov, 77.Bilolxon Toshmirzaev (18.Mixay Roman, 46). Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 33.Shohruh Yoqubjonov, 66.Doniyor Valiev, 99.Effiong Nsungusi. Ogohlantirish: Rabbimjon Hasanov (38). "Neftchi" PFK matbuot xizmati

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/04/IMG_20240419_181039_621-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/04/IMG_20240419_181039_845-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/04/IMG_20240419_181040_197-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/04/IMG_20240419_181039_635-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/04/IMG_20240419_181034_362-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/04/IMG_20240419_181033_854-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/04/IMG_20240419_181033_715-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/04/IMG_20240419_181033_920-300x200.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/04/IMG_20240419_181034_002-300x200.jpg]

Ulashish

O'xshash yangiliklar