Yangiliklarga qaytish
Umumiy

G'OLIBONA YURISH BOSHLANDI

12-aprel, 2024·2 min o'qish
IMG_20240412_210934_156

Bugun O'zbekiston kubogi musobaqadari doirasida guruh bosqich bahslari start oldi. Sevimli jamoamiz 1-turda Pro liga vakili Toshkentning "Do'stlik" klubini qabul qilib, jangovar kurashni jiddiy hujum bilan boshladi. O'yinning 26 daqiqasida esa Javohir Qahramonovning tezkorlikdagi driblingi qoidabuzarlik bilan yakunlandi va bosh hakam jarima to'pini belgiladi. Jarima zarbasini qoyillatib amalga oshirgan Sanjar Qodirqulov to'pni kuchli zarba bilan darvoza to'qqizligiga joylab qo'yib hisobni ochishga erishdi 1:0. O'yinda tashabbuslik qilgan neftchilar bir necha bor hisobni o'zgartirishga yaqin edilar. Biroq, ushbu vaziyatlarda jamoamizga biroz aniqlik va omad yetishmadi. Tanaffusga esa jamoamiz minimal hisobdagi ustunlik bilan yo'l oldi. Ikkinchi bo'limda murabbiylar zaxiradagi futbolchilar o'z mahoratlarini namoyish etishlari uchun yetarli sharoit yaratish maqsadida qator o'zgarishlarni amalga oshirdilar. Maydonda Shohruz Norxonov, Bilolxon Toshmirzaev, Diyor Turopov, G'ulom-Haydar Gulamov va Hurshid Muhtorovlar kabi o'yinchilar paydo bo'lishdi. Ular jamoa ustunligini saqlab qolish va mustahkamlash uchun kurashga munosib hissa qo'shdilar va 50-daqiqada aynan ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shilgan Shohruz Norxonov tepalatib oshirilgan uzatmaga baland sakrab boshi bilan chiroyli tarzda zarba yo'llab hisobni 2:0 ko'rinishiga olib chiqdi. Shundan so'ng vakillarimiz o'yin oxiriga qadar tashabbusni saqlagan holda ko'pgina golli vaziyatlarni yaratganliklariga qaramay hisob o'zgarishsiz qoldi va jamoamiz kubok bellashuvlaridagi yurishini ishonchli g'alaba bilan boshladi. Futbolchilarimizga navbatdagi uchrashuvlarda ham g'olibona yurishni qizg'in davom ettirishlarida katta muvaffaqiyat va omad tilaymiz. Neftchi" – "Do'stlik" 2:0 "Istiqlol" stadioni. 18:30 Bosh hakam: Rahimbek Karimov Yordamchi hakamlar: Islom Azimov, Islom Nosirov Zaxira hakami: G'ayrat Jo'raev Nazoratchi: Jahongir Saidov Komissar: Davron Ibrohimov Gollar: 1:0 — 26, Sanjar Qodirqulov, 2:0 — Shohro'z Norxonov (Mirzohid G'ofurov). "Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 8.Ketelin Karp (24.G'ulomhaydar G'ulomov, 74), 11.Javohir Qahramonov (23.Diyor Turopov, 46), 17.Sanjar Qodirqulov, 18.Mixay Roman (10.Shohruz Norxonov, 46), 19.Mirzohid G'ofurov (14.Xurshid Muxtorov, 77), 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 70.Abbos G'ulomov, 99.Effiong Nusungusi (77.Bilolxon Toshmirzaev, 46). Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Jaloliddin Jumaboev, 28.Behrux Oblaqulov, 66.Doniyor Valiev. "Do'stlik": 25.Ulug'bek O'rinboev, 3.Kozim Nurmatov (2.Laziz Mo'ydinov, 89), 4.Sirojiddin Solijonov, 7.Sherzod Qodirov, 8.Davron Sulaymonov, 14.Hamidullo Abduhamidov (9.Abdulaziz Rahimov, 21), 16.Asliddin Tursunpo'latov (11.Sardor Asatillaev, 89), 18.Davron Umirov, 21.Xushnud Avilov, 23.Abduvohid Yashinov, 24.Ilhom Ubaydullaev. Zaxira: 12.Gleb Xarin, 5.Asror O'rinboev, 10.Ma'ruf Jumaev, 13.Asadbek Sharifov, 15.Abdulloh Shakirov, 19.Anvar Alijonov. Ogohlantirish: Asliddin Tursunpo'latov (42), Sanjar Qodirqulov (52), Davron Umirov (63). "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar