Yangiliklarga qaytish
Umumiy

GʻAYRAT HASANOV  YoShLARGA MURABBIYLIK QILADI!

15-fevral, 2023·1 min o'qish
IMG_20230215_204353_965

Yangi mavsum oldidan "Neftchi" jamoasining murabbiylar shtabi tajribali mutaxassis xizmatlaridan foydalanaydigan boʻldi. Jamoamiz rahbariyati tashabbusi bilan kuni-kecha Aziz Alijonov boshqarayotgan oʻrinbosarlar jamoasiga darvozabonlar bilan ishlash boʻyicha "Neftchi"ning oʻtmishdagi taniqli va afsonaviy posboni Gʻayrat Hasanov taklif etildi. Mutaxassis bugundan eʼtiboran jamoamizning oʻrinbosarlar va yoshlar jamoalarining darvozabonlariga saboq berishda faoliyat yuritadi. Jamoamiz va koʻp sonli futbol ixlosmandlari nomidan Gʻayrat Hasanovga "Neftchi" nufuzini yuksaltirishda va yuqori choʻqqilarni zabt etishida munosib hissa qoʻshishiga katta ishonch bildirib, murabbiylik sohasidagi faoliyatiga omad va zafarlar yor boʻlsin deymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar