GʻALABALI ODIMLAR DAVOM ETMOQDA

Bugun navbatdagi nazorat bahsida maydonda harakat qilgan "Neftchi" jamoamiz Rossiyaning "Sochi" klubi bilan bellashdi. Oʻyin taqdirini hal qilgan yagona gol 10-daqiqada jamoamizning isteʼdodli hujumchisi Xusayn Norchaev tomonidan kiritildi. Aytib oʻtish joiz, oʻyin tengkurashlar ostida kechgan boʻlsa ham, har ikkala jamovda hisobni oʻzgartirish borasida imkoniyatlar mavjud boʻldi. Lekin, asta-sekin jamoa oʻzagini shakllantirish borasida samarali ish olib borayotgan vakillarimiz maydonda ishrnchli harakatlanib, biz uchun ijobiy boʻlgan natijani saqlab qolib, navbatdagi gʻalabaga erishishga muvaffaq boʻldilar. "Neftchi" - "Sochi" 1:0 Gol: Xusayn Norchaev 10' (1:0) "NEFTChI": 12.Sanjar Quvvatov, 2.Zoir Joʻraboev, 20.Anvar Gʻofurov, 4.Boyan Siger, 5.Manuchexr Safarov, 70.Abbos Gʻulomov, 11.Javoxir Qaxramonov, 26.Keterin Karp, 7.Jasur Jaloliddinov, 9.Mixay Roman, 40.Xusayn Norchaev Zaxiradan qoʻshilganlar: Mirzoxid Gʻofurov, Muxsin Ubaydullaev, Gʻulomhaydar Gʻulomov, Sanjar Qodirqulov, Diyor Turopov, Muxsin Ubaydullaev, Doniyor Valiev https://youtu.be/A2qlXCbu4gc?si=YK4cWs7RjcaSQcg7 "Neftchi" PFK matbuot xizmati