Yangiliklarga qaytish
Umumiy

FUTZAL BOʻYIChA OSIYo KUBOGI SARALASh BOSQIChI FARGʻONADA BOʻLIB OʻTADI

7-sentabr, 2023·1 min o'qish
photo_2023-09-07_11-27-59

2024-yilning 17-28 aprel kunlari Tayland mamlakati futzal boʻyicha 2024-yilgi Osiyo kubogi musobaqasiga mezbonlik qiladi. Mazkur turnirga yoʻllanmani qoʻlga kiritish uchun Oʻzbekiston futzal terma jamoasi joriy yilning 7-11 oktyabr kunlari Osiyo kubogiga saralash bosqichi doirasida Iroq, Kambodja va Malayziyaga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etadi. Quvonarli jihati, ushbu saralash bosqichi Fargʻona shahridagi "Samo" yopiq sport majmuasida oʻtkaziladi. Shu munosabat bilan 7-11 oktyabr kunlari Osiyo kubogi saralash bosqichida Oʻzbekiston futzal terma jamoasini qizgʻin va koʻtarinki ruhda qoʻllab-quvvatlash uchun barcha jonkuyar ishqibozlarimizni muhtasham "Samo" arenasiga chorlab qolamiz. Oʻzbekiston futzal terma jamoasining Fargʻonadagi "Samo" sport majmuasida boʻlib oʻtadigan uchrashuvlarning sanasi va boshlanish vaqtlarini keltirib oʻtamiz: 7 - oktyabr 18:00 Oʻzbekiston - Kambodja 9 - oktyabr 18:00 Malayziya - Oʻzbekiston 11 - oktyabr 18:00 Oʻzbekiston - Iroq "Neftchi" PFK matbuot xizmati

663439_original
Ulashish

O'xshash yangiliklar