FUTBOLChILARIMIZ TERMA JAMOALAR YIGʻINIGA YOʻL OLIShDI.
10-oktabr, 2023·1 min o'qish

Oʻzbekiston Superligasida oxirgi tur uchrashuvlari yakuniga yetkanidan soʻng, navbat FIFA kunlariga oʻtdi. Shu munosabat bilan futbolchilarimiz milliy terma jamoa va turli toifadagi terma jamoalarga chaqiruv olishdi. Tojikiston 🇹🇯 milliy terma jamoasi yigʻiniga jamoamiz himoyachisi Zoir Joʻraboev taklif etilgan boʻlsa, Oʻzbekiston U-21🇺🇿terma jamoasi safiga Asrorbek Kenjaev va Doniyor Valievlar taklif etildi. Oʻzbekiston U-23 🇺🇿termasi mashgʻulotlarida Vladimir Nazarov va Ulugʻbek Xoshimovlar qatnashadi. Ushbu futbolchilarimizga terma jamoa mashgʻulotlarida omad yor boʻlishini tilab qolamiz. 🟡"Neftchi" PFK matbuot xizmati