Yangiliklarga qaytish
Umumiy

FUTBOL MUXLISLARI DIQQATIGA!

6-aprel, 2023·1 min o'qish
IMG_20230406_204359_121

8 aprel shanba kuni "Istiqlol" markaziy oʻyingohida Superliganing 5-turida sevimli "Neftchi" jamoamiz vodiy derbisida "Andijon" klubi bilan kuch sinashadi. Maʼlumot oʻrnida, mazkur uchrashuvga chiptalar bugundan stadion kassalarida sotuvga qoʻyildi. Chiptalar narhi sektorlarga qarab 25 ming soʻmdan 50 ming soʻmgacha belgilangan. "Neftchi"ning barcha jonkuyar muxlislari shu kuni stadionga tashrif buyurib, shiddatli va jangovar ruhda kechadigan oʻyinda jamoamizni yuqori saviyada qizgʻin qoʻllab- quvvatlashlarini kutib qolamiz. ✅"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar