Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"FARGʻONA VILOYaTI HOKIMI KUBOGI-2023": TAJRIBA OʻZ SOʻZINI AYTDI.

3-fevral, 2023·1 min o'qish
20230201142348_IMG_8237

Anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan"Hokim Kubogi-2023" musobaqasining yarim final bahsida Aziz Alijonov boshchiligidagi oʻrinbosarlar jamoamiz Pro liga vakili "Qoʻqon-1912" klubi bilan kuch sinashdi. Birinchi boʻlim boshlanish qismi jamoalarning faol harakatlari ostida kechdi. 29-daqiqaga kelib oʻrinbosarlarimizning chiroyli kombinasiyasi natijasida Shohruh Yoqubjonov qoʻqonliklar darvozasini ishgʻol etishga muvaffaq boʻldi 1:0. Shundan soʻng hisobni tenglashtirishga uringan "Qoʻqon-1912" futbolchilari bir nechta qulay imkoniyatdan foydalana olmadilar va birinchi boʻlim vakillarimizning minimal hisobdagi ustunligi bilan yakun topdi. Ikkinchi boʻlimning boshlaridan katta kuch bilan oldinga intilgan qoʻqonliklar 53-daqiqada hisobni tenglashtirishga erishdilar 1:1. Muvozanatni tiklagan "Qoʻqon-1912" futbolchilari darvozamiz tomon bosim oʻtkazishda davom etdilar va 78-daqiqaga kelib Islomjon Isoqjonov himoyachilarimizdan oʻzib ketib, darvozamizga ikkinchi toʻpni kiritdi 1:2. Shundan soʻng yoshlar jamoamizda bir nechta qulay imkoniyatlar yuzaga kelgan boʻlsada, ammo, yakuniy zarbalari noaniq chiqdi. Uchrashuvning asosiy qismiga qoʻshib berilgan 3 daqiqa ham oʻyin natijasiga taʼsir koʻrsatmadi va tajriba bobida ustunlikka ega boʻlgan "Qoʻqon-1912" futbolchilari minimal 1:2 hisobida gʻalaba qozonib, finalga yoʻl oldilar. Endi oʻrinbosarlar jamoamiz uchinchi oʻrin uchun maydonga chiqishadi. Eslatib oʻtamiz, musobaqaning 3-oʻrin uchun va final uchrashuvlari ertaga 4 fevral shanba kuni boʻlib oʻtadi "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar