FARG‘ONA DERBISI MEHMONLARNING YIRIK G‘ALABASI BILAN YAKUNLANDI

Birinchi bo‘lim kutilganidek farg‘onaliklarning ketma-ket hujumlari bilan boshlandi. Biroq hisobni birinchi bo‘lib qo‘qonliklar ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Uchrashuvning 11-daqiqasida qarshi hujumga o‘tgan mezbonlar futbolchisi to‘pni havola tib, jarima maydonchasi ichiga uzatdi. Bu vaziyatda Toma Tabatadze bosh bilan aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi — 1:0.O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng jamoamiz vakillari tezda o‘zlariga kelishdi va muvozanatni tiklashdi. Zoran Marushich to‘pni qabul qilib olgach, kuchli va aniq zarba bilan raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg‘ol etdi — 1:1.Shundan keyin to‘p nazorati va o‘yindagi tashabbus to‘liq farg‘onaliklar tomoniga o‘tdi. Jamoamiz ketma-ket xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirib, hisobda oldinga chiqib olishga juda yaqin keldi. Biroq bu urinishlar birinchi bo‘lim oxirigacha samara bermadi va jamoalar tanaffusga yo‘l olishdi.
Ikkinchi bo‘lim ham farg‘onaliklarning tinimsiz hujumlari ostida boshlandi ва bu bosim tezda o‘z mevasini berdi. 48-daqiqada burchakdan uzatilgan to‘pni yaqin masofada poylab turgan Nurmuhammad Abdug‘aniyev raqib himoyachilaridan chaqqonroq harakat qilib, darvozaga joylab qo‘ydi — 1:2. Biroq mezbonlar taslim bo‘lishmadi ва oradan atigi ikki daqiqa o‘tib muvozanatni tiklashdi. Qulay pozitsiyaga chiqib borgan Shahzod Akramov uzoq masofadan kuchli ва ajoyib zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi — 2:2.
Gollar shousi shu bilan to‘xtab qolmadi. Hujumga tashlangan farg‘onaliklar tarkibida Asilbek Jumayev olis masofadan kuchli zarba berdi. Darvozabon to‘pni qaytarishga erishgan bo‘lsa-da, qaytgan to‘pga birinchilardan bo‘lib yetib kelgan Zoran Marushich dublini rasmiylashtirib, jamoasini yana oldinga olib chiqdi — 2:3.
Uchrashuvning 61-daqiqasida o‘yin burilish nuqtasiga keldi. Mezbonlarning xavfli hujumini qo‘pollik bilan to‘xtatib qolgan Nurmuhammad Abdug‘aniyev bosh hakam tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazolandi ва maydonni tark etdi.Bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, farg‘onaliklar himoyaga yotib olishmadi, aksincha faol hujumkorlikni davom ettirishdi. 86-daqiqada o‘ng qanotdan individual mahorat evaziga jarima maydonchasi ichiga yorib kirgan Koffi Kouau kuchli zarba bilan raqib darvozasini ishg‘ol etdi — 2:4!O‘yinning qolgan daqiqalarida qo‘qonliklar har qancha urinishmasin, farg‘onaliklar tartibli himoyalanib, g‘alabani saqlab qolishdi. Yakunda viloyat derbisida o‘ta muhim uch ochkoni qo‘lga kiritgan jamoamiz turnir jadvalida yakkahokim peshqadamga aylanib oldi.
O‘ZBEKISTON SUPERLIGASI
16 oktyabr 24-tur
Qo‘qon shahar, "Markaziy" stadioni soat 19:00
"QO‘QON-1912" 2:4
"NEFTCHI"
Gollar: Toma Tabatadze, 11'(1:0), Zoran Marushich, 14'(1:1), Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 48'(1:2), Shahzod Akramov, 50'(2:2), Zoran Marushich, 57'(2:3), Koffi Kouao, 61'(2:4)
Chetlatish: Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 86' ("Neftchi")
Bosh hakam: G‘ayrat Jo‘rayev
Yordamchi hakamlar: Shoxrux Aʼzamov, Azizbek Isaqov
Zaxira hakami: Salohiddin Akramov
VAR: Rustam Choriyev
AVAR: Adhamjon Rixsiboyev
Nazoratchi: Sultonbek Zaylabidinov
Komissar: Shohruh Said
"Neftchi: 45.Akbar To‘rayev, 8.Vladimir Yovovich(20.Anvarjon G‘ofurov,63'), 9.Xurshid G‘iyosov(6.Ibrohim Halil Yo‘ldoshev,73'), 11.Asilbek Jumayev(7.Abrorbek Ismoilov,63'), 15.Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 21.Muxsinjon Ubaydullayev, 22.Alisher Odilov(71.Bilolxon Toshmirzayev,81'), 32.Zoran Marushich(18.Stipe Perica,73'), 34.Farrux Sayfiyev, 52.Koffi Kouao, 77.Ratinyo
Zaxiradagilar: 16.Ibrohim Shokirov, 2.Izzatillo Po‘latov, 27.Nurbek Sarsenbayev, 30.Rustambek Fomin
Bosh murabbiy: Islombek Ismoilov
"Neftchi" PFK matbuot xizmati