"ESXATA" BILAN OʻYINGA TAYYoRGARLIK DAVOM ETDI

Avval xabar berganimizdek, milliy chempionatimizda qisqa tanaffus vujudga kelganligi sabab jamoamiz rejasiga Tojikistonning "Esxata" klubi bilan oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazish kiritilgan boʻlib, ushbu bellashuv orqali Vitaliy Levchenko shogirdlari Superliganing navbatdagi tur bahsiga tayyorgarlik koʻrishmoqda. Bugun jamoamiz aʼzolari oʻrtoqlik oʻyini oldidan "Istiqlol" stadionida mashgʻulotlarda ishtirok etishdi. Koʻtarinki ruhda oʻtgan bugungi mashgʻulotlar jarayonini esa fotolavhalar orqali tomosha qilishingiz mumkin. Maʼlumot oʻrnida, "Neftchi"-"Esxata" xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi 16 noyabr kuni "Istiqlol" markaziy oʻyingohida soat 15:00 da start oladi.

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2023/11/084A9613.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2023/11/084A9821.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2023/11/084A9790.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2023/11/084A9731.jpg]

[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2023/11/084A9714.jpg]
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2023/11/084A9710.jpg]






