ERTAGA TURKIYa YIGʻINI DOIRASIDA OXIRGI BAHSLAR
15-fevral, 2023·1 min o'qish

Yanvar oyida yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Turkiyaga yoʻl olgan Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi ertaga yigʻinlar doirasida oxirgi oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi. Soat 13:00da boʻlib oʻtadigan birinchi bahsda Rossiyaning oliy divizion ishtirokchisi "Krilya Sovetov" klubi, kunning ikkinchi qismida esa Qozogʻiston Premyer ligasi vakili "Jetisu" jamoasi bilan soat 19:00da maydonga chiqishadi. Vitaliy Levchenko shogirdlari Turkiya maydonlarida jismoniy va amaliy mahoratlarini ancha oshirganliklari, 2023 yil rasmiy futbol mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrganliklarini namoyon etdilar. Biz ularga yangi mavsumda yangi muvaffaqiyat va zafarlar tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati