ERTAGA OʻRTOQLIK OʻYINI!

Xabaringiz bor, ayni paytda Superliga chempionatida FIFA kunlari munosabati bilan qisqa tanaffus yuzaga kelgan va bundan unumli foydalanish maqsadida oʻrtoqlik bellashuvlari tashkil etilmoqda. Jumladan, "Neftchi" futbol klubi ham oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazish boʻyicha reja tuzgan. Unga koʻra Vitaliy Levchenko shogirdlari ertaga 15 oktyabr kuni Qirgʻiz Respublikasidan tashrif buyuradigan Oʻshning "Alay" jamoasini qabul qilishadi. Ushbu xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi Fargʻonadagi "Istiqlol" markaziy oʻyingohida soat 17:00 da boshlanadi. Maʼlumot oʻrnida, ikkala jamoa vakillari sentyabr oyida vujudga kelgan tanaffus paytida ham oʻzaro kuch sinashgan va Qirgulidagi stadionda boʻlib oʻtgan bahsda fargʻonalik futbolchilar minimal 1:0 hisobida ustun kelishgan. https://youtu.be/oEHStiX3RYU?si=yn6mUPs2b4s3kfo3 🟡"Neftchi" PFK matbuot xizmati