ERTAGA OʻRTOQLIK OʻYINI!
11-sentabr, 2023·1 min o'qish

Xabaringiz bor,FIFA kunlari munosabati bilan vujudga kelgan tanaffus paytida "Neftchi" murabbiylar shtabi ikkita oʻrtoqlik uchrashuvlarini rejalashtirgan boʻlib, ertaga 12 sentyabr seshanba kuni vakillarimiz dastlabki oʻrtoqlik bellashuvida Oʻshning "Alay" klubi bilan kuch sinashadi. Oʻyin Qirgulidagi stadionimizda soat 18:00 ga belgilangan. Fursatdan foydalanib, barcha jonkuyar ishqibozlarimizni ushbu oʻrtoqlik bahsida sevimli jamoamizni bevosita stadionda qoʻllab-quvvatlash uchun chorlab qolamiz. 🟢"Neftchi" PFK matbuot xizmati