ERTAGA NAZORAT UChRAShUVI!

Avval xabar berganimizdek, yangi futbol mavsumiga tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi" jamoasi ertaga 21 dekabr chorshanba kuni dastlabki oʻrtoqlik-nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Vitaliy Levchenko qoʻl ostidagi futbolchilar Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bilan kuch sinashadi. Mazkur bellashuv orqali murabbiylar shtabi koʻrikda qatnashayotgan futbolchilarni sinovdan oʻtkazib, jamoa oʻzagini shakllantirish borasidagi ishlarni davom ettirmoqdalar. Eslatib oʻtamiz, "Neftchi"-"Bunyodkor" bahsi Toshkent shahar bolalar va oʻsmirlar futbol akademiyasi maydonida boʻlib oʻtadi. Uchrashuv soat 12:00 da start oladi. Jamoamizga oid barcha yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatishda davom eting. "Neftchi" PFK matbuot xizmati