ERTAGA NAVBATDAGI NAZORAT BAHSI
18-yanvar, 2023·1 min o'qish

Xabaringiz bor, ayni paytda "Neftchi" jamoasi Turkiyaning Antalya shahrida oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini olib bormoqda. Vitaliy Levchenko shogirdlari ertaga Polshaning nomdor klublaridan biri "Radomyak 1910" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati