EFFIONG NSUNGUSI "NEFTChI" AʼZOSI!
19-fevral, 2024·1 min o'qish

Yangi mavsumga jiddiy hozirlik koʻrayotgan va tarkibni kuchaytirish borasida keng koʻlamli ishlarni amalga oshirayotgan jamoamiz bugun nigeriyalik mahoratli hujumchi Effiong Nsungusi bilan shartnoma imzoladi. Maʼlumot uchun, oʻtgan mavsumda futbolchi Qozogʻiston Premyer liga vakili "Atirau" tarkibida faol oʻyin namoyish etib, 25ta uchrashuvda 7ta gol kiritishga muvaffaq boʻldi. Ahil jamoamiz va koʻp ming sonli muxlislarimiz nomidan Effiong Nsungusiga "Neftchi" sharafini munosib himoya qilishiga katta ishonch bildirgan holda, faoliyatida omad va zafarlar yor boʻlishini tilaymiz. WELCOME EFFIONG! "Neftchi" PFK matbuot xizmati