Yangiliklarga qaytish
Umumiy

DONIYoR VALIEV BILAN ShARTNOMA UZAYTIRILDI

14-noyabr, 2023·1 min o'qish
IMG_20231114_193459_167

Doniyor Valiev "Neftchi"ning yosh, iqtidorli futbolchilaridan biri. U jamoaning oʻrinbosarlari safida muntazam himoyachi ampluasida yorqin va havas qilsa arziydigan oʻyin namoyish etib kelmoqda. Shu bois Doniyor Valiev Oʻzbekiston U-20 terma jamoasiga aʼzo qilib olingan. Yosh iqtidor egasi "Neftchi"ning asosiy tarkibi safida ham tez tez maydonga chiqib turadi. Uning ana shu hislatlari eʼtiborga olinib bugun yosh himoyachi bilan amaldagi shartnoma ikki yil muddatga uzaytirildi. Bu iqtidorli futbolchining "Neftchi" futbol klubi va Oʻzbekiston U-20 terma jamoasidagi faoliyati yanada yorqin va porloq boʻlishini tilab qolamiz. 🟡"Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar