Yangiliklarga qaytish
Umumiy

DIYoRJON TUROPOV  "NEFTChI" AʼZOSI

30-dekabr, 2022·1 min o'qish
IMG_20221230_165829_177

Bugun klub rahbariyati navbatdagi transferni amalga oshirdi. Oʻtgan mavsumda "Navbahor" tarkibida toʻp surgan tajribali yarim himoyachi Diyorjon Turopov "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi. Maʼlumot oʻrnida, D.Turopov oʻtgan mavsumning birinchi davrasini Toshkentning "Lokomotiv", ikkinchi qismini Namanganning "Navbahor" klublarida oʻtkazgan. Superligada jami 21 ta oʻyinda maydonga tushib, 1526 daqiqa harakat qilgan va 2 ta gol kiritib, ikki golga assistentlik qilgan Jamoamiz va muxlislarimiz nomidan tajribali futbolchi "Neftchi" safida yanada gʻayrat va shijoat bilan harakat qilib, jamoa sharafini yuksak choʻqqilarga koʻtarishga munosib hissa qoʻshishiga ishonamiz "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar