DIYoR TUROPOV: "BIZNI AYTGANIMIZ BOʻLIB QOLGANDA BARChASI BOShQAChA BOʻLAR EDI"

Yaqindagina jamoamiz bilan shartnoma muddatini uzaytirgan Diyor Turopov klub matbuot xizmati uchun kichik intervyu berdi. Oʻtgan mavsum haqida nima deya olasiz? -Qiziqarli mavsum boʻldi. Fargʻona ahli "Neftchi"ning shonli oʻyinlaridan olgan zavq-quvonchni oʻtgan mavsumdagi "Neftchi" bellashuvlaridan bir lahza boʻlsa ham oʻsha onlarni muxlislar yodiga soldi, deb oʻylayman. Jamoamiz bilan kelasi mavsumda ham birgasiz? Jamoada qolishingiz uchun eng asosiy uchta sababni aytib bersangiz? 1- Muxlislar 2- Kollektiv 3- Sovrinli oʻrinlar uchun yana bir bor urinib koʻrish -Muxlislarga keyingi mavsum oldidan Turopov nima vaʼda bera oladi? -Vaʼda berishga shoshilmaylik. Biz aytganlarimiz boʻlib qolganda unda hammasi boshqacha boʻlar edi. Allohning aytgani boʻladi, bizdan esa yaxshi niyat va harakat. Oʻtgan mavsumda jamoamizga medallar uchun kurashda nima yetishmadi deb oʻylaysiz? -Fikrimcha, barqarorlik va oxirgi nuqtani qoʻyish yetishmadi. Yangi mavsumda oʻylaymanki, murabbiylar rejasi asosida maqsad sari intilamiz, muxlislar esa oldingidey bizni oxirigacha qoʻllab-quvvatlashini xohlardim. Biz har qanday raqibga bosh ogʻrigʻi boʻla olamiz va ularning uyqusiz tunlarida bizning ham hissamiz boʻladi, degan umiddaman. "Neftchi" PFK matbuot xizmati