DIYoR TUROPOV BILAN ShARTNOMA UZAYTIRILDI
3-yanvar, 2024·1 min o'qish·1

"Neftchi" tarkibiga oʻtgan yili qoʻshilgan Diyor Turopov mavsum davomida nimalarga qodir ekanligini isbotlab, rahbariyat va muxlislar mehri va ishonchini qozondi. Yarim himoyachi sifatida himoya chizigʻini mahkam ushlash bilan birga qulay vaziyatlarda hujumga oʻtib jamoaning muvaffaqiyatlariga barakali hissa qoʻshgan bu mohir futbolchi jamoa bilan tuzilgan shartnomasini ikki yilga uzaytirishga qaror qildi. Maʼlumot uchun futbolchi ushbu mavsumda 24 uchrashuvda maydonga chiqib,1537 daqiqa harakat qildi hamda toʻrt gol muallifi va bir golga assistentlik vazifasini bajardi. Diyor Turopovga 2024 yil mavsumida yangi zafarlar tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati