DIQQAT TANLOV!

Jahondagi ko'plab mashhur jamoalar o'z madhiyasiga ega. “Neftchi” ham nafaqat yurtimiz, balki, sobiq ittifoq va Osiyoda ham taniqli klublardan biri hisoblanadi. Shuningdek,"Neftchi" sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritish borasida mamlakatimizda ikkinchi jamoasi xisoblanadi: Chempion - 5 marta (1992 , 1993 , 1994 , 1995 , 2001 ). Kumush medal sohibi - 9 marta ( 1996 , 1997 , 1998 , 1999 , 2000 , 2002 , 2003 , 2004 , 2006 ). Bronza medali sovrindori ( 2008 ). O'zbekiston kubogi : G'olib - 2 marta ( 1994 , 1996 ). Finalchi - 5 marta ( 1997 , 1998 , 2000/01 , 2001/02 , 2005 ). MDH kubogi : Finalchi ( 1994 ). Osiyo chempionlar ligasi : Bronza medali sovrindori ( 1994/95 ). Shunday unvonlarga ega bo'lgan klub albatta, o'z madhiyasiga ham ega bo'lishi va ushbu madhiyani muxlislar “Neftchi”ning har bir o'yinida baland ovozda jo'r bo'lib kuylashlari lozim. Shulardan kelib chiqqan holda, “Neftchi” madhiyasi uchun tanlov e'lon qilinadi. Tanlov uchun yozilgan she'rlar (musiqasi bilan) +998916885858 nomeri (telegram mavjud) qabul qilinadi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati