"DINAMO" - "NEFTCHI" PREVYU

1960 yilda tashkil etilgan Samarqandning "Dinamo" jamoasi bilan "Neftchi" futbol klubi O'zbekiston chempionatining oliy divizioni hamda O'zbekiston kubogi musobaqalarida o'zaro 50 marta to'qnash kelgan. Shundan 34 ta o'yinda "Neftchi"ning qo'li baland kelgan, 4 ta uchrashuvda durang qayd etilgan va 12 ta bahsda "Dinamo" ustunlikka erishgan. Umumiy to'plar nisbati 42-94 farg'onaliklar foydasiga. O'zaro qarama-qarshilikdagi "Dinamo"ning eng yirik g'alabasi 2010 yilda 3:1 hisobida qayd etilgan. "Neftchi"ning samarqandliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 1997 yilda yuz bergan. O'shanda farg'onaliklar 8:0 hisobida ustun kelishgan. Samarqandda bo'lib o'tgan oxirgi 5 uchrashuv natijalari 30.04.2022. “Dinamo”-"Neftchi” 1-1 06.04.2022. "Dinamo"-"Neftchi" 0:2 (O'zbekiston kubogi) 08.11.2017. “Dinamo”-“Neftchi” 1-0 20.03.2016. "Dinamo”-"Neftchi" 0:1 (O'zbekiston kubogi) 09.05.2015. “Dinamo”-“Neftchi” 1:3 "Neftchi" PFK matbuot xizmati
[image: http://fcneftchi.uz/wp-content/uploads/2024/03/IMG_20240310_090318_376-300x300.jpg]