"DINAMO"-"NEFTChI" PREVYu

Jamoalar Oʻzbekiston chempionati va Oʻzbekiston kubogi musobaqalarida 57 marta oʻzaro toʻqnash kelishgan. Shundan 38 ta oʻyinda "Neftchi" ning qoʻli baland kelgan, 5 ta uchrashuvda durang qayd etilgan va 14 ta bahsda "Dinamo" ustunlikka erishgan. Umumiy toʻplar nisbati 102-46 fargʻonaliklar foydasiga. Oʻzaro qarama-qarshilikdagi "Dinamo"ning eng yirik gʻalabasi 2010 yilda 3:1 hisobida qayd etilgan." Neftchi"ning samarqandliklar ustidan qozongan eng yirik gʻalabasi 1997 yilda yuz bergan. Oʻshanda fargʻonaliklar 8:0 hisobida ustun kelishgan. Jamoalarning oʻzaro boʻlib oʻtgan soʻnggi 5 ta uchrashuv natijalari: 30.04.2022 yil “Dinamo” – “Neftchi” 1-1 08.11.2017 yil “Dinamo” – “Neftchi” 1-0 14.06.2017 yil “Neftchi” – “Dinamo” 2-3 20.03.2016 yil “Dinamo” – “Neftchi” 0-1 25.09.2015 yil “Dinamo” – “Neftchi” 0-1 Eslatib oʻtamiz, ushbu jamoalar ertaga navbatagi tur doirasida Yaypan shahridagi “Oʻzbekiston” stadionida belashishadi , bahs 19:00 da boshlanadi. Barcha jamoamiz muhlislarini ushbu qiziqarli bahsda jamoamizni qullab quvvatlashlarini iltimos qilamiz . "Neftchi" PFK matbuot hizmati