Yangiliklarga qaytish
Umumiy

DERBIDA JANGOVAR DURANG

13-may, 2024·3 min o'qish
084A7829

Superliganing 7-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuvlaridan biri Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida "Neftchi" hamda "Andijon" jamoalari o'rtasida kechdi. Bellashuv kutilganidek mezbonlarning faol hujumlari ostida boshlangan bo'lishiga qaramay hisobni 15-daqiqaga kelib andijonlikdar ochishga muvaffaq bo'lishdi. Bu vaziyatda olis masofadan oshirilgan uzatmani himoyachilarimiz qaytarishda xatolikka yo'l qo'yib, mehmonlar o'yinchisi Bektemir Abdumannovni darvozabonimiz bilan yakkama yakka qoldirishdi. Hujumchi esa bunday imkoniyatdan unumli foydalanib darvozamizni ishg'ol etib ketdi 0:1. Bo'lim oxirigacha vakillarimiz to'pni nazorat ostiga olishganlari bilan bir nechta yuz foizlik imkoniyatlar ko'kka sovurildi va minimal ustunlik bilan jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. Ikkinchi bo'limda o'yin surati yanada keskin tus oldi. Kutilmaganda standart vaziyatni amalga oshirayotganda mehmonlar vakili darvozamizni ikkinchi marta ishg'ol etishga muyassar bo'ldi. Bu vaziyatda jarima maydonchamiz ichiga oshirilgan to'pni Farhod Sohibjonov chiroyli tarzda Sanjar Quvvatov qo'riqlayotgan darvoni aniq nishonga olib, hisobni 0:2 ko'rinishiga olib keldi. Shundan so'ng murabbiylarimiz o'yinga yangi futbolchilarni tushirishga majbur bo'lishdi va bu sa'y-harakatlar oxir-oqibat o'z samarasini ko'rsatdi. 84-daqiqada katta bosim bilan oldinga intilgan jamoamiz hisobni qisqartirdi 1:2.Bu vaziyatda Bilolxon Toshmirzaev raqiblar jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib olib, kuchli zarba bilan darvozani ishg'ol etdi. Urilgan goldan ruhlangan futbolchilarimiz hujum uyushtirishda davom etishdi va hujumlarimizning birida raqib himoyachilari zaxiradan maydonga tushirilgan ruminiyalik legionerimiz Mixay Romanni qoidabuzarlik bilan to'xtatishdi. Bosh hakam ikkilanmay 11 metrli nuqtaga ishora qilib, mehmonlar himoyachisi Islom Mamatkazinni qizil kartochka ko'rsatib maydondan chetlatdi. Penalitini esa Osiyo kubogi sovrindori bo'lib qaytgan mahoratli yarim himoyachimiz Jasur Jaloliddinov mohirona tarzda amalga oshirdi va tablodagi hisobni 2:2 ko'rinishiga keltirdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan 8 daqiqada hujumkorligimiz davom etgan bo'lsada, yakunda jamoalar murosa ko'chasini tanlashga majbur bo'ldilar. Shunday qilib, muxlislar bilan to'lib toshgan "Istiqlol" stadionidagi vodiy derbisi jangovar 2:2 durang natijasi bilan tugallandi. Barcha futbolsevar muxlislarimiz nomidan bugungi qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan bahsda matonat va shiddatlari uchun yigitlarimizga katta minnatdorchilik bildirib, keyingi uchrashuvlarda omad va g'alabalar yor bo'lishini tilaymiz. Superliga 7-tur "Neftchi" — "Andijon" 2:2 Gol: 15 - Bektemir Abdumannonov (Shahrom Samiev), 52 - Farhodjon Sohibjonov (Bektemir Abdumannonov), 84 - Bilolxon Toshmirzaev, 90+4 - Jasurbek Jaloliddinov (pen) Bosh hakam: Aziz Asimov Yordamchi hakamlar: Oybek Kalaxo'jaev, Avaz Abdullaev Zaxira hakami: Farrux Yansupov VAR: Firdavs Norsafarov AVAR: Maksim Nexochin Nazoratchi: Ma'mumr Saidqosimov Komissar: Shohruh Said "Neftchi": 35. Sanjar Quvvatov, 2. Zoir Jo'raboev, 4. Boyan Siger, 8. Katalin Karp, 10. Shohruz Norxonov (18. Mixai-Alexandru Roman, 69), 11. Javohir Qahramonov (7. Jasurbek Jaloliddinov, 46), 19. Mirzohid G'ofurov (s) ( 17. Sanjar Qodirqulov, 69), 20. Anvarjon G'ofurov, 23. Diyorjon Turopov (70. Abbosjon G'ulomov, 69), 55. Manuchehr Safarov, 99. Nsungusi Effiong (77. Bilolxon Toshmirzaev, 55). Zaxira: 1. Botirali Ergashev, 3. Jaloliddin Jumaboev, 14. Xurshidbek Muxtorov,21. Muhsinjon Ubaydullaev, . "Andijon": 72. Igor Litovka, 5. Abdulvohid G'ulomov, 8. Farhodbek Bekmuratov ( 9. Levan Arveladze, 73), 10. Ilhomjon Abdug'aniev ( 21. Ildar Mamatkazin, 73), 15. Vladimir Bubanya (s), 17. Farhodjon Sohibjonov, 26. Muhammadkarim Toirov, 28. Islombek Mamatkazin, 66. Ilhomjon Alijonov, 71. Bektemir Abdumannonov (51. Luka Zgurski, 81), 99. Shahrom Samiev ( 94. Armin Bosnyak, 81). Zaxira: 1. Eldor Adhamov,11. Sunnatulla Abdullajonov, 14. Abdurahmon Komilov, 19. Suhrob Berdiev,77. Rustam Turdimurodov,. Ogohlantirish: 64 - Anvarjon G'ofurov, 87 - Sanjar Qodirqulov, 90+7 - Luka Zgurski Chetlatish: 89 - Islombek Mamatkazin

Ulashish

O'xshash yangiliklar