DASTLABKI UCHRASHUVDA HISOB OCHILMADI

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antalya shahrida o‘tkazayotgan "Neftchi" jamoasi birinchi nazorat sinov uchrashuvini Ruminiyaning "Germanshtadt" klubiga qarshi o‘tkazdi. Ikki bo‘limdan iborat bo‘lgan bu bellashuvning har bir bo‘limida alohida tarkib bilan harakat qilindi. Futbolchilarimiz maydonda o‘zlarini ko‘rsatish uchun astoydil harakat qilgan bo‘lsalarda bu urinishlar natija bermadi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Jamoamiz bu yilgi mavsumdagi birinchi uchrashuvini o'tkazganligini inobatga olganda, uchrashuv jamoamiz uchun yaxshi kechdi. Vitaliy Levchenko shogirdlariga keyingi bahslarda omad va g‘olibona xursandchilik nasib etishini tilab qolamiz "Neftchi" — "Germanshtadt" 0:0 "Neftchi" (1-taym): Botirali Ergashev, Farruh Sayfiev, Anvar G'ofurov (s), Muhsin Ubaydullaev, Shoxruh Gadoev, Ikrom Aliboev, Bilolxon Toshmirzaev, Abror Ismoilov, Jamshid Iskanderov, Muhammadali G'iyosov, Toma Tabatadze. "Neftchi" (2-taym): Eldor Suyunov, Doniyor Valiev, Shoxruh Yoqubjonov, Yovan Jokich, Boyan Siger, Quvondiq Ro'ziev, Diyor Turopov, Jamshid Boltaboev, Zoran Marushich, G'ulom-Haydar G'ulomov, Vladimir Yovovich.