DADIL QADAMLAR!

Superligada o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoamiz bugun navbatdagi tur bahsida "Metallurg" klubini qabul qildi. Birinchi bo'limni faol harakatda boshlagan jamoamiz vakillari ancha chiroyli o'yin namoyish etishdi. Biroq, bir qator xavfli hujumlarni yaratishga muvaffaq bo'lgan futbolchilarimiz raqiblar darvozasiga yo'l topa olishmadi va tanaffusga jamoalar 0:0 hisobida chiqib ketishdi. Ikkinchi bo'limda jamoamizda bir qator o'zgarishlar amalga oshirildi va bu o'z so'zini aytdi. Ketma-ket hujumlar stadionga yig'ilgan muxlislarimizni ancha qiziqarli va shiddatli o'yin guvohi bo'lishiga olib keldi. Zarba ketidan zarba uchrashuv oxirigacha hisobda o'z aksini topmay turgan pallada sahnaga Ketelin Karp tushib keldi va o'yin tugashiga sanoqli daqiqalar qolganda kuchli zarba bilan darvozani ishg'ol etdi. O'yinga qo'shib berilgan daqiqalarda ham mehmonlarning xavfli zarbalari samarasiz yakunlandi va jamoamiz barcha imkoniyatlarini ishga solgan holda muhim g'alabani qo'lga kiritdi 1:0. "Neftchi" — "Metallurg" 1:0 Gol: 88 - Katalin Karp (Boyan Siger) Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev Qanot hakamlari: Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin Zaxira hakami: Umidjon Rahimjonov VAR hakami: Akobirxo'ja Shukurullaev AVAR hakami: Anvar Marajabov Nazoratchi: Valentin Kovalenko Komissar: Jahongir Rahmatullaev "Neftchi": 35.Sanjar Quvvatov, 2.Zoir Jo'raboev, 4.Boyan Siger, 20.Anvar G'ofurov, 7.Jasur Jaloliddinov ( 23.Diyor Turopov,59), 8.Katalin Karp, 11.Javohir Qahramonov (24.G'ulomxaydar Gulyamov, 90), 19.Mirzohid G'ofurov (55.Manuchehr Safarov, 71) (s) , 70.Abbos G'ulomov , 77.Bilolxon Toshmirzaev (18.Mixay Roman, 46), 99.Effiong Nsungusi (9.Xusayn Norchaev, 71) Zahira: 1.Botirali Ergashev, 3.Jaloliddin Jumaboev, 21.Muxsin Ubaydullaev, 10.Shoxruz Norxonov, . "Metallurg": 87.Akmal Ortiqov (s), 24.Davron Ergashev, 15.Abbos Otaxonov, 33.Ivan Yosovich, 14.Abror Toshqo'ziev, 22.Shahzodbek G'ofurbekov, 6.Xudoyshukur Sattorov ( 11.Daler Sharipov,90), 7.Sardor Abduraimov (31.Marko Milichkovich, 79), 8.Iskandar Shayqulov (4.Kerim Palich, 72), 97.Boban Jorjevich, 10.Shahzodbek Ubaydullaev. Zahira: 35.Rahimjon Davronov, 19.Ergash Ismoilov, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 21.Hazrat Tursunqulov, 27. Behruz Abdullaev, 88.Sirojiddin Qo'ziev. Ogohlantirish: 8 - Katalin Karp, 56 - Mixay Roman, 86 - Davron Ergashev "Neftchi" PFK matbuot xizmati