COCA-COLA SUPERLIGASI 11 NOYaBRYa KUNI YaKUNLANADI

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi shu yilning 3 oktyabr kuni Oʻzbekiston futbol assosiasiyasidan 03/2811-sonli xat qabul qilib oldi. Unda mamlakat milliy terma jamoasi 10-21 noyabr kunlari yigʻin oʻtkazishi va uning doirasida oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushishi koʻrsatib oʻtilgan. Bu Coca-Cola Superliga futbol klublariga may oyida taqdim etilgan taqvim rejaning oʻzgarishiga olib keladi. Unga koʻra, 26-tur uchrashuvi 19 noyabr kuni boʻlib oʻtishi hamda Qatar mundialiga qadar chempionat yakunlanishi kerak edi. Ligada oʻz maqsadi sari harakat qilayotgan klublarning ish rejasiga salbiy taʼsir oʻtkazmaslik, qolaversa, hal qiluvchi soʻnggi tur oldidan tanaffus yuzaga kelmasligi OʻzPFL uchun muhim hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, eng optimal holatda chempionatni FIFA kunlariga qadar yakunlash varianti ustida ishlandi. Natijada soʻnggi uch tur oraligʻi qisqartirildi. Ishonamizki, taqvimdagi zichlik futbol muxlislariga yanada qiziqarliroq futbol uchrashuvlarini taqdim eta oladi. Endilikda 30 oktyabr sanasiga rejalashtirilgan Oʻzbekiston Coca-cola kubogining final oʻyinidan keyingi taqvimda oʻzgarish boʻladi. Bunda 24-tur 2-3 noyabr sanalarida oʻtadi. Oʻz navbatida 25-turdagi barcha uchrashuvlar 7 noyabrga va 26-turdagi barcha oʻyinlar 11 noyabrga belgilanadi. 24-turning yanada aniqroq sanalari esa kubokning ½ final uchrashuvlari yakunidan keyin eʼlon qilinadi. Bunda kubok finaliga yoʻl olgan klublar ishtirokidagi oʻyinlar 3 noyabr sanasida, finalga chiqa olmagan jamoalar oʻyini esa 2 noyabrda boʻlib oʻtadi. 24-turda Toshkentning toʻrt klubi ham uy uchrashuvida ishtirok etishi OʻzPFL uchun nisbatan murakkab hisoblanadi. “Bunyodkor” klubi “Jar” arenasidan foydalanayotganidan kelib chiqib, uning 24-turdagi oʻyini “Olimpik” ishtirokidagi oʻyin bilan parallel kelishi imkonsiz. Agar “Bunyodkor” 24-turda Olmaliqdagi stadiondan foydalansa, bunda Toshkentdagi oʻyinlar sonini inobatga olgan holda reja oʻzgarishi mumkin. OʻzPFL bir shahardagi oʻyinlar soni nisbatan kamroq boʻlishi uchun harakat qiladi. Shuningdek, AGMK klubi oʻz maydonida harakat qilishidan kelib chiqib, Olmaliqdagi stadiondan foydalanib kelayotgan “Surxon” futbol klubi 25-turni oʻtkazish uchun OʻzPFL roʻyxatidan oʻtgan boshqa stadionni Reglament talabi asosida mezbonlik uchun taqdim etishi kerak boʻladi. Oʻz navbatida “Olimpik” klubi oʻz maydonida harakat qilishidan kelib chiqib, “Jar” stadionidan foydalanib kelayotgan “Bunyodkor” 26-turni oʻtkazish uchun OʻzPFL roʻyxatidan oʻtgan boshqa stadionni Reglamentda koʻrsatilgan muddatdan kechikmay mezbonlik uchun taqdim etishi talab etiladi. Ishchi reja boʻyicha noyabr oyidagi taqvim quyidgi ketma-ketlikda boʻladi. Faqatgina shu holatda Srechko Katanets boshchilik qilayotgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yigʻini chempionat ishtirokchilarining rejasiga minimal taʼsir koʻrsatadi. Yaʼni, mavsum yakunidan keyin Katanets oʻzi istagan futbolchilar bilan bemalol mashgʻulot oʻtkazish imkoniyatiga ega chiqadi. 24-tur. 2 noyabr (chorshanba) OLIMPIK — METALLURG QIZILQUM — QOʻQON-1912 2/3 noyabr, chorshanba/payshanba PAXTAKOR — SOʻGʻDIYoNA LOKOMOTIV — NAVBAHOR NASAF — DINAMO NEFTChI — AGMK 3 noyabr (payshanba) BUNYoDKOR — SURXON 25-tur. 7 noyabr (dushanba) PAXTAKOR — QIZILQUM AGMK — OLIMPIK QOʻQON-1912 — BUNYoDKOR SOʻGʻDIYoNA — LOKOMOTIV SURXON — DINAMO METALLURG — NAVBAHOR NASAF — NEFTChI 26-tur. 11 noyabr (juma) DINAMO — QOʻQON-1912 BUNYoDKOR — PAXTAKOR NEFTChI — SURXON LOKOMOTIV — METALLURG OLIMPIK — NASAF NAVBAHOR — AGMK QIZILQUM — SOʻGʻDIYoNA Manba: pfl.uz