Yangiliklarga qaytish
Umumiy

CHEMPION MAGʻLUB ETILDI

22-noyabr, 2024·2 min o'qish
084A7244

"Istiqlol" stadionidagi "Neftchi"-"Nasaf" uchrashuvini barcha futbol ishqibozlari orziqib kutgan edi. Bu bahsda farg'onaliklar albatta g'alaba qozonishlari shart edi. Chunki, chempionatning birinchi davrasida "Neftchi" Qarshida mag'lubiyatga uchragan edi. Bugun Farg'onada o'sha bahsning javobi takrorlandi. "Nasaf" himoyachisi Murodbek Rahmatovga qizil kartochka ko'rsatilib, maydondan chetlatildi. Maydon egalari bundan unumli foydalanish uchun hujumni kuchaytirdilar. Lekin qarshiliklar himoyani mahkam ushlaganlari bois birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Ikkkinchi bo'limda ikkala jamoa ham eng mahoratli o'yinchilarini maydonga tushirdi. Natijada uchrashuv jiddiy tus oldi. Hujumkorlikni kuchaytirgan neftchilar 58-daqiqada Bilolxon Toshmirzaev kiritgan gol hisobiga oodinga o'tib oldilar 1:0. Mehmonlar bu alamli mag'lubiyatdan qutilish uchun yoppasiga hujumga o'tishdi. Ammo, qulay fursatni poylab turgan jamoamiz hujumchisi Xusayn Norchaev qo'shib berilgan vaqtning 90+(6) daqiqasida sobiq jamoasi darvozasiga ikkinchi golni kiritib, farg'onaliklarning ishonchli g'alabasini ta'minladi. Shu tariqa Vitaliy Levchenko shogirdlari yangi chempionni mag'lubiyatga uchratib, to'plagan ochkolar sonini 40 taga yetkazib oldilar. Chempionatning oxirgi tur bellashuvini Toshkentda "Lokomotiv" jamoasi bilan o'tkazadigan futbolchilarimizga bugungiday shiddat, g'alabaga to'la ishonch va mahorat yor bo'lishini tilaymiz. Superliganing 25-turidan o'rin olgan dastlabki uchrashuv bo'lib o'tdi. "Neftchi" — "Nasaf" 2:0 22 noyabri, 16:00 Bosh hakam: Rustam Lutfullin Yordamchi hakamlar: Aleksandr Burov, Akmal G'iyosov To'rtinchi hakam: Isroil Imomnazarov VAR: Ibrohim Ismoilov AVAR: Maksim Nexochin Nazoratchi: Timur Abdullaev Komissar: Oybek Yunusov Gol: Bilolxon Toshmirzaev (Abbos G'ulomov) 59, 1:0, Husayin Norchaev 90+5, 2:0 "Neftchi" - 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 8.Sardor Abduraimov, 19.Mirzoxid G'afurov (9.Xusayin Norchaev, 46), 20.Anvarjon G'ofurov, 21.Muxsinjon Ubaydullaev, 23.Diyorjon Turopov (11.Javohir Qaxramonov, 46), 30.Quvondiq Ro'ziev (24.G'ulom-Haydar G'ulomov, 90), 70.Abbosjon G'ulomov (55.Manuchexr Safarov,60) 77.Bilolxon Toshmirzaev, 99.Nsungusi Efiong (10.Shoxruz Norxonov, 60) Zaxira: 45.Akbar To'raev, 14.Xurshidbek Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov, 22.Azizbek Amonov, "Nasaf" - 1.Umidjon Ergashev, 4.Ditlshodjon Komilov, 6.Murodbek Rahmatov, 8.Zafarmurod Abdirahmatov (79.Azizjon Ahrorov,90) 19.Stefan Cholovich (24.Sardorbek Baxromov,46), 22.Igori Golban, 28.Shuxrat Muhammadiev (5.G'olib G'aybullaev,54), 32.Zoran Marushich (20.Viktor Mateus da Siliva, 73), 44.Shaxzod Akramov, 70.Jambuli Jigauri, 88.Marko Stanoevich ( 9.Javohir Siddiqov, 73) Zaxira: 13.Adhamjon Musulmonov, 35.Abduvohid Ne'matov, 10.Bobir Abdixoliqov, 77.Oybek Bozorov, Chetlatish: Murodbek Rahmatov ("Nasaf") 15 Ogohlantirish: Husayin Norchaev ("Neftchi") 90+5

Ulashish

O'xshash yangiliklar