BUXORO STADIONIDA ERTAGALIK OʻYINGA TAYYoRGARLIK DAVOM ETDI
20-aprel, 2023·1 min o'qish

- Ertaga 21 aprel juma kuni Superliganing 7-tur bahsida Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" jamoamiz Buxoro shahrida mahalliy "Buxoro" klubiga qarshi maydonga chiqadi. Tushlik vaqtida qadimiy va qoʻhna shaharga yetib borgan jamoamiz aʼzolari bugun kunning ikkinchi qismida ertagalik oʻyinga jiddiy tayyorgarlik doirasida mashgʻulotlarni davom ettirdilar.
Buxoro sport majmuasi stadionida boʻlib oʻtgan mashgʻulotlardan foto va videolavhalarni tomosha qiling. "Neftchi" PFK matbuot xizmati https://youtu.be/bhsrsyY_-Yg