"BUXOPO"-"NEFTChI" PREVYu

Coca-Cola Superliganing 7-turdagi raqibimiz "Buxoro" futbol klubi 1960 yilda tashkil topgan. Milliy chempionatimiz doirasida Pro liga hamda Superligada toʻqnash kelgan jamoalar jami 56 marta oʻzaro uchrashgan boʻlib, bularning 16 tasida "Buxoro" gʻalaba qozongan, 4 ta oʻyin durang bilan yakun topgan va 36 ta bahsda "Neftchi" ustun kelgan. Umumiy toʻplar nisbati 51-105 fargʻonaliklar foydasiga. Jamoalarning bu qarama-qarshilikdagi eng yirik gʻalabalari 1994 yilga toʻgʻri keladi. Buxorodagi oʻyinda mezbonlar 4:1 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa, Fargʻonada esa "Neftchi" 5:0 hisobida ustun kelgan. Buxoroda qayd etilgan oxirgi 6 ta uchrashuv natijalari: Pro liga 07.04.2021. "BUXORO"-"NEFTChI" 1:4 30.05.2021. "BUXORO"-"NEFTChI" 2:0 SUPERLIGA 19.07.2018. "BUXORO"-"NEFTChI" 0:0 07.04.2017. "BUXORO"-"NEFTChI" 3:0 16.06.2016. "BUXORO"-"NEFTChI" 2:0 05.11.2015. "BUXORO"-"NEFTChI" 3:1 "Neftchi" PFK matbuot xizmati