Yangiliklarga qaytish
Umumiy

"BUNYoDKOR" - "NEFTChI" PREVYu

28-oktabr, 2023·1 min o'qish
084A2200

Bugun Superliganing 23-tur bahsida Vitaliy Levchenko boshchiligidagi sevimli "Neftchi" jamoamiz Toshkentning "Bunyodkor" klubi mehmoni boʻladi. 2005 yilda tashkil etilgan "Bunyodkor" klubi bilan oʻzaro oʻyinlar statistikasiga nazar solsak, milliy chempionatimiz doirasida jamoalar 27 marta toʻqnash kelishgan. Bulardan "Neftchi"da 6 ta oʻyinda gʻalaba va 17 ta bellashuvda magʻlubiyat mavjud, 4 ta oʻyinda durang qayd etilgan. Toʻplar nisbati 17-40 toshkentliklar foydasiga. Jamoalarning Toshkentdagi oxirgi 5 uchrashuvi natijalari 08.09.2022. "Bunyodkor"-"Neftchi" 1:2 12.07.2018. "Bunyodkor"-"Neftchi" 2:1 15.09.2017. "Bunyodkor"-"Neftchi" 2:0 15.03.2016. "Bunyodkor"-"Neftchi" 2:0 02.05.2015. "Bunyodkor"-"Neftchi" 0:1 Maʼlumot oʻrnida, 15 may kuni Fargʻonada boʻlib oʻtgan birinchi davra uchrashuvida "Neftchi" jamoasi poytaxtliklar ustidan 1:0 hisobida ustun kelgan. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar