BUGUNGI RAQIBIMIZ OʻZGARDI!
13-yanvar, 2024·1 min o'qish

Avval xabar berganimizdek, bugun rejadan oʻrin olgan "Aktobe" bilan nazorat sinov bahsi belgilangan edi. Bizga maʼlum boʻlishicha, Qozogʻiston klubi iltimosiga koʻra ushbu uchrashuv boshqa kunga qoldirilgan. Shu sababli bugun jamoamiz Niderlandiya 1E Ligasi vakili Amsterdamning "sv HBC" klubi bilan oʻzaro kuch sinashadigan boʻldi. Maʼlumot oʻrnida, 1902 yilda tashkil topgan bugungi raqibimiz Niderlandiya 1E Ligasi gʻolibi hisoblanadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati