Yangiliklarga qaytish
Umumiy

BUGUNGI DASTLABKI BAHSDA GʻALABA

16-fevral, 2023·1 min o'qish
20230216aa

Xabar berib oʻtganimizdek, Turkiya yigʻinlari yakunida bugun Vitaliy Levchenko shogirdlari ikkita oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga chiqishadi. Ulardan birinchi oʻyin Rossiyaning "Krilya Sovetov" klubiga qarshi kechdi. Bosh murabbiy mazkur bahsga asosan zaxirada qolib ketayotgan va oʻyin amaliyotiga ega boʻlmagan futbolchilarga imkon yaratib berdi va ular taqdim etilgan ishonchni toʻlaligicha oqlashga erishdilar desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Birinchi boʻlimning oʻzida Murod Bobojonov, Umar Adhamzoda va yosh hujumchi Doniyor Valievlar tomonidan kiritilgan ajoyib gollar jamoamiz ustunligini taʼminlab berdi 3:0. Ikkinchi boʻlimda ham faol oʻyin namoyish etgan futbolchilarimiz himoyada bir qator hatolikka yoʻl qoʻyganliklari natijasida, jarima toʻpi belgilandi va raqiblarimiz standart vaziyatdan ikkita toʻp kiritishga muvaffaq boʻlishdi. Lekin,uchrashuvning qolgan qismida vakillarimiz behato oʻynab, Rossiya Premyer liga vakillarini 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchratdilar. "Neftchi"-"Krilya Sovetov" (Rossiya) 3:2 Gollar: M.Bobojonov,7(1:0), U.Adhamzoda,32(2:0), D.Valiev,44(3:0)- Soldatenkov,63(3:1), Xubulov,77(3:2) Bugungi uchrashuvda jamoamiz quyidagi tarkibda harakatlandi: "Neftchi":Akbar Toʻraev, Rahmonjon Roʻziev, Nodirxon Neʼmatxonov, Muhsin Ubaydullaev, Umar Adxamzoda, Gʻulomhaydar Gʻulomov, Abdulloh Olimov, Sunnatilla Abdullajonov, Izzatilla Abdullaev, Doniyor Valiev, Murod Bobojonov. Zaxiradagilar: Shuhratillo Rahmonov, Ulugʻbek Hoshimov, Zoir Joʻraboev, Fahriddin Muhammadov, Fozil Musaev. Bosh murabbiy: V.Levchenko Eslatib oʻtamiz, bugun soat 19:00 da ikkinchi oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Raqibimiz Qozogʻiston Premyer ligasi vakili "Jetisu" jamoasi. "Neftchi" PFK jamoasi

Ulashish

O'xshash yangiliklar