BUGUN VAKILARIMIZ IKKITA MUSOBAQADA IShTIROK ETADI.

Bugun "Neftchi" PFKning ayollar jamoasi va U-19 jamoalari, qatnashib kelayotgan musobaqalarda navbatdagi tur uchrashuvlarini oʻtkazishadi. Muxlisa Otaqoʻzieva boshchiligida Oʻzbekiston oliy ligasida qatnashib kelayotgan "Neftchi-W" jamoasi poytaxtning "Lokomotiv-W" jamoasi bilan kuch sinashadi ushbu uchrashuv Qirgulidagi "Neftchi" SK maydonida boʻlib, oʻtadi, uchrashuv soat 16:00da boshlanadi. Ushbu uchrashuv bilan parallel ravishda Quvasoy shaxridagi "Sementchi" stadionida Iqbol Akramov boshchiligidagi "Neftchi-U19" jamoasi Oʻzbeeiston U-19 birinchiligi navbatdagi tur doirasida "Buxoro" klubini qabul qiladi, ushbu uchrashuv xam 16:00da boshlanadi. Jamoalarimiz ishtirokidagi oʻyinlarda xar ikki jamoamizga omad yor boʻlishini tilab qolamiz! ✅"Neftchi" PFK matbuot xizmati

