Yangiliklarga qaytish
Umumiy

BUGUN FUTBOL!

12-sentabr, 2021·1 min o'qish
НЕФТЧИ

Bugun «Neftchi» «Buxoro»ni qabul qiladi. Turning markaziy uchrashuvi deyish mumkin. Bu oʻyinda Ilhom Moʻminjonov jamoasini faqat gʻalaba qoniqtiradi. Oʻz navbatida «Buxoro»ga gʻalaba juda zarur. Aks holda buxorolik muxlislar orasida Usmon Toshevga nisbatan ishonchsizlik paydo boʻla boshlaydi. Mazkur uchrashuv "Istiqlol" stadionida soat 18:20 da boshlanadi. Bugungi baxsni Futbol TV orqali jonli efirda namoyish etish rejalashtirilgan. Pro liga 18 - tur 12 sentyabr 18:20 da "NEFTChI" – "BUXORO" Hakamlar: Asker Najafaliev, Husniddin Baxodirov, Oybek Kalaxoʻjaev Nazoratchi: Andrey Tambovsev Komissar: Aleksandr Davidenko. Karantin sababli stadionga muxlislar kiritilmaydi.

Ulashish

O'xshash yangiliklar