Yangiliklarga qaytish
Onlayn

BOYaN SIGER "NEFTChI" AʼZOSI!

14-yanvar, 2024·1 min o'qish·1
IMG_20240114_164905_517

Jamoamiz yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Bugun serbiyalik tajribali futbolchi Boyan Siger "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoamizning himoya chizigʻida harakat qiladigan boʻldi. Maʼlumot uchun, Boyan Sigerga Oʻzbekiston Superligasi begona emas. Futbolchi 2021-2022 yilgi mavsumda Namanganning "Navbahor" jamoasida faoliyat olib borgan.Boyan oʻtgan mavsumni Malayziya Premyer-ligasi vakili "Kedax Darul Aman" klubida olib bordi. Faoliyati davomida Serbiya va Chernogoriyaning futbol ligalarida toʻp surgan B. Siger Serbiya kubogi sohibi hisoblanadi. Ahil jamoamiz va jonkuyar muxlislarimiz nomidan Boyan Sigerga yangi mavsumda "Neftchi"dagi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz! Dobrodoshli! BOYaN! "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar