BOTIRALI ERGAShEV “NEFTChI" JAMOASI AʼZOSI !

Jamoamiz yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda. Bugun tajribali darvozabon Botirali Ergashev "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda darvozamiz dahlsizligini qoʻriqlaydi. Maʼlumot uchun, Botirali Ergashev joriy yilni Olmaliqning OKMK klubida oʻtkazdi. Futbolchi oʻtgan mavsumda jami 18 uchrashuvda 1531 daqiqa harakat qilgan. Futbolchi faoliyati davomida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va turli toifadagi terma jamoalar tarkibida, shuningdek, "Paxtakor", "Navbahor" va ''Qoʻqon-1912'' klublarida ham toʻp surgan. Ayni paytda darvozabon Oʻzbekiston milliy terma jamoa bilan Qatarda boʻlib oʻtadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrmoqda. Ahil jamoamiz va koʻp sonli muxlislarimiz nomidan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va shaxsan Botirali Ergashevga omad va zafarlar tilab qolamiz! Jamoamizga xush kelibsiz BOTIRALI! "Neftchi" PFK matbuot xizmati