Yangiliklarga qaytish
Umumiy

BOSH MURABBIY BILAN SUHBAT

27-fevral, 2024·1 min o'qish
084A8404

1 mart sanasidan Superligada O'zbekiston chempionati boshlanadi. "Neftchi" yangi mavsumga Turkiyaning Antaliya shahrida qariyb ikki oy tayyorgarlik ko'rib qaytdi. 2 mart kuni jamoamiz Jizzax shahrida "So'g'diyona" bilan birinchi bahsga kirishadi. Chempionat oldidan "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenkoga qator savollar bilan murojaat qildik. —Turkiyadagi yig'inlar ko'ngildagidek o'tdimi? —Antaliyadagi tayyorgarliklar jamoaning murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan rejalar asosida ko'ngildagidek o'tdi. Jamoa tarkibini yangi mavsumga shakllantirish ishlari siz o'ylaganday amalga oshdimi? —Safimizga qo'shilgan barcha yigitlar malakali futbolchilardir. Mavsumga tayyorgarlik mobaynida biz ularga jamoamizning rejalari va o'yin strategiyasini to'la singdirishga harakat qildik. Ishonamanki, yigitlar bizning niyatimizni amalda ro'yobga chiqaradilar. —Yangi mavsumda jamoa oldida qanday reja va vazifalar turibdi? —Maqsad va niyatlarimiz har doimgiday yuksak va olijanob. Chunki, "Neftchi" azal-azaldan muxlislarni g'olibona yurishlari va mahoratli harakatlari bilan mamnun etib kelgan. Bu mavsumda ham ana shu olijanob an'analar davom ettiriladi. —Mavsum oldidan muxlislarga qanday tilaklaringiz bor —Tilagim shuki, jamoamizning o'yinlari muxlislarimiz va ashaddiy jonkuyarlari orzu niyatlarini qondirishga munosib bo'ladi. Ular hamisha o'yingohdan xursandchilik va olqishlar bilan chiqishadi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar