Yangiliklarga qaytish
Umumiy

BIRINCHI TURNI TEMUR TOʼXTASINOV BOSHQARIB BORADI.

6-mart, 2025·1 min o'qish
temur to'xtasinov

7 mart kuni Oʼzbekiston Superligasining 1-tur bellashuvlariga start beriladi. Oʼzbekiston hakamlar markazi dastlabki tur oʼyinlarida ishlaydigan rasmiylar roʼyxatini eʼlon qildi. Unga koʼra Toshkentdagi "Bunyodkor" - "Neftchi" uchrashuvini Temur Toʼxtasinov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Mazkur bahs 8 mart kuni "Bunyodkor" stadionida soat 20:00 da boshlanadi. «BUNYODKOR» — «NEFTCHI» Bosh hakam: Temurbek Toʼxtasinov Yordamchi hakamlar: Ziyodullo Abdurahmonov, Abdulhamid Abduraimov Zaxira hakami: Viktor Serazitdinov Nazoratchi: Marat Ismoilov VAR: Nikita Mustafin AVAR: Avazbek Abdullaev

Ulashish

O'xshash yangiliklar