BIRINChI MAGʻLUBIYaT

Qarshidagi uchrashuv har ikkala jamoalarning faolligi bilan boshlanganiga qaramay, keyinchalik oʻyindagi tashabbusni oʻz qoʻliga olgan neftchilar koʻproq xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ammo bu urinishlarda jamoamizga biroz aniqlik va omad yetishmadi. 42-daqiqaga kelib mezbonlarning navbatdagi hujumida himoyachilarimiz hatoga yoʻl qoʻyishdi va bundan unumli foydalangan qarshilik futbolchilar hisobni ochishga muvaffaq boʻlishdi.Bu vaziyatda Jambuli Jigauri darvozamizni ishgʻol etdi. Birinchi boʻlimda boshqa gollar kiritilmadi. Ikkinchi boʻlimda ham vakillarimiz oʻyinda tashabbusni oʻz qoʻllariga olishga harakat qilishdi va koʻpgina xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Ammo, barcha urinishlarimizga aniqlik yetishmadi. Oʻyinning asosiy qismiga qoʻshib berilgan daqiqalarda zaxiradan maydonga chiqqan argentinalik hujumchi Andres Chavez darvozamizni ishgʻol etib, bellashuvga yakuniy nuqta qoʻyishga muyassar boʻldi 2:0. Uchrashuvda jamoamiz tashabbus koʻrsatib, faol va shiddatli oʻyin namoyish etishiga qaramay, mavsumda ilk magʻlubiyatga uchramoqda. Lekin, biz jamoamizga ishonishda davom etamiz va keyingi bellashuvlarda futbolchilarimizga omadlar yor boʻlishini tilaymiz. Coca Cola Superligasi 21-tur "Nasaf" – "Neftchi" 2:0 Gol: 1:0 — 38, Jambuli Jigauri, 2:0 — 90+6, Andres Chaves. "Nasaf": 35.Abduvohid Neʼmatov, 5.Gʻolib Gʻaybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 17.Suhrob Nurulloev (21.Doniyor Narzullaev, 84), 28.Shuhrat Muhammadiev 34.Sherzod Nasrullaev, 70.Jambuli Jigauri (9.Javohir Sidiqov, 67), 77.Oybek Bozorov (25.Bekjon Rahmatov, 90+3), 88.Marko Stanoevich (18.Bahrom Abdurahimov, 67), 92.Umarbek Eshmurodov (s), 99.Azizbek Amonov (10.Andres Chaves, 84). "Neftchi": 45.Akbar Toʻraev, 2.Zoir Joʻraboev, 5.Tomislav Mrchela, 7.Umar Adhamzoda, 8.Sharof Muhitdinov, 13.Lutfulla Toʻraev (28.Fozil Musaev, 78), 19.Mirzohid Gʻofurov (70.Abbosjon Gʻulomov, 61), 20.Anvarjon Gʻofurov, 22.Giorgi Nikabadze, 24.Gʻulom Haydar Gʻulomov (23.Diyorjon Turopov, 61), 40.Bachana Arabuli (77.Bilolxon Toshmirzaev, 61). Zaxira: 1.Asrorbek Kenjaev, 10.Sunnatulla Abdullajonov, 14.Rahmonjon Roʻziev, 15.Muhsin Bazarov, 66.Doniyor Valiev. Ogohlantirish: Mirzohid Gʻofurov (10), Abduvohid Neʼmatov (58), Bilolxon Toshmirzaev (86), Andres Chaves (90+3). "Neftchi" PFK matbuot xizmati