Yangiliklarga qaytish
Onlayn

“BEŞIKTAŞ” KLUBI BILAN MEMORANDUM IMZOLANDI

1-fevral, 2026·1 min o'qish
IMG_20260201_210741_810

Bugun jamoamiz bosh direktori Mansurbek Toshmatov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib turibdi. Ushbu tashrif doirasida Turkiyaning nomdor klublaridan biri — “Beşiktaş” futbol klubi bilan hamkorlik qilish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi hamda “Neftchi” akademiyasi va “Beşiktaş” klubi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Uchrashuv davomida tomonlar kelgusida hamkorlikni izchil rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda yosh futbolchilar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qilib, muhim kelishuvlarga erishdilar. Imzolangan memorandum doirasida har ikki klub akademiyalarini rivojlantirish yo‘lida tajriba almashish, murabbiylar va mutaxassislar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etish, iqtidorli yosh futbolchilar bilan ishlash tizimini zamonaviy talablarga moslashtirish kabi yo‘nalishlar belgilab olindi. Shuningdek, kelgusida “Beşiktaş” klubi mutaxassislarining Farg‘ona shahridagi “Neftchi” futbol akademiyasiga tashrif buyurishi, ularning ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar va seminarlar o‘tkazilishi bo‘yicha ham kelishuvga erishildi. Uchrashuv davomida “Neftchi” klubi bosh direktori Mansurbek Toshmatov “Beşiktaş” klubi prezidenti Serdal Adalini “Neftchi” akademiyasining ochilish marosimida ishtirok etishga taklif qildi. Shuningdek, “Beşiktaş” klubi delegatsiyasining Farg‘ona shahriga rasmiy tashrifi bo‘yicha ham tomonlar o‘zaro kelishib oldilar. Mazkur hamkorlik “Neftchi” akademiyasi tarbiyalanuvchilari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berishi, yosh futbolchilarning xalqaro tajriba orttirishi va kelajakda yuqori saviyada shakllanishiga xizmat qilishi kutilmoqda. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

IMG_20260201_210741_810IMG_20260201_210741_371IMG_20260201_210741_459IMG_20260201_210740_927IMG_20260201_210741_014
Ulashish

O'xshash yangiliklar