Yangiliklarga qaytish
Umumiy

BAHS QAHRAMONLARI NSUNGUSI VA NORCHAEV

1-iyun, 2024·2 min o'qish
084A1486

Sevimli jamoamiz "Neftchi" asta-sekin o'zining jangovar va shiddatli harakatlarini tiklamoqda. Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lgan uchrashuv buni yaqqol isbotladi. Bellashuv boshlanishi bilanoq maydon egalari tashabbusni qo'lga olishga harakat qildilar. Biroq farg'onalik futbolchilar bunga yo'l qo'yishmadi. Aksincha, tashabbusni o'z qo'llariga olib, raqib darvozasi tomon xavfli zarbalar yo'llashni izchil yo'lga qo'ydilar. Uchrashuvning 25-daqiqasida mehmonlarning yalpi hujumini nigeriyalik Effiong Nsungusi gol bilan yakunladi 0:1. 31-daqiqada esa Xusayn Norchaevning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan kuchli zarbasi Effiong Nsungusiga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi va darvoza to'ridan joy oldi 0:2. Shu tariqa birinchi bo'lim farg'onaliklar ustunligi bilan yakunlandi. Ikkinchi bo'limda "Bunyodkor" rahbarlari ahvolni o'nglash va mag'lubiyatdan qutilib qolish uchun maydondagi futbolchilardan beshtasini o'zgartirdi. O'yinga qo'shilgan futbolchilar raqib himoyachilarini aldab o'tish va Botirali Ergashev qo'riqlayotgan darvozaga to'p kiritish uchun katta kuch-g'ayrat ko'rsatib, xavfli vaziyatlar ham yaratishga erishdilar. Lekin, bu harakatlar farg'onalik himoyachilar tomonidan mohirlik bilan qaytarib turildi. Jamoamiz vakillari esa himoya bilan birga hujumkorlikni ham qizg'in davom ettirdilar. Natijada asosiy vaqtning oxirgi daqiqasida Xusayn Norchaev o'ziga xos mahorat bilan bir necha himoyachini aldab o'tib maydon egalari darvozasiga uchinchi to'pni kiritdi 0:3. Turnir jadvalining xavfli zonasida borayotgan "Bunyodkor" jamoasi qancha urinmasin qo'shib berilgan daqiqalarda ham hisobni o'zgartira olmadi. Shunday qilib Vitaliy Levchenko shogirdlari Toshkentda ishonchli g'alabani qo'lga kiritib, o'z muxlislariga katta shodiyona taqdim etdilar. 0:3 hisobida erishilgan g'alaba sevimli jamoamizni 17 ochko bilan yana peshqadamlar safiga olib chiqdi. Biz yigitlarimizni bu muhim g'alaba bilan tabriklab keyingi uchrashuvlarda ham g'olibona yurishni izchil davom ettirishlarini tilaymiz. "Bunyodkor" – "Neftchi" 0:3 1 iyuni. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:30 Gollar: Nsungusi Effiong (Husayn Norchaev) 25', Nsungusi Effiong (Husayn Norchaev) 31', Husayn Norchaev (Nsungusi Effiong) 90' Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov Qanot hakamlari: Husniddin Shodmonov, Shavkat Rahmatov Zaxira hakami: Sanjar Nazarov VAR: Akmal Rahimov AVAR: Ziyodullo Abdurahmonov Nazoratchi: Viktor Serazitdinov Komissar: Qudrat Madraimov "Bunyodkor": 1.Marin Lyubich, 3.Mahmudjon Mahamadjonov, 4.Najmiddin Normurodov, 5.Momchilo Rasho, 7.Suhrob Izzatov, 8.Frane Chiryak (14.Mirjahon Mirahmadov, 68), 10.Rasul Yo'ldoshev (57.Amir To'raqulov, 58), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (25.Amirbek Saidov, 58), 22.Usmonali Ismonaliev, 66.Azizbek To'lqinbekov (92.Toni Yovich, 68), 77.Muzaffar Olimjonov (18.Narimonjon Ahmadjonov, 82). Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 16.Alijon Bekmurotov, 45.Farhod O'tkirov, 78.Toxir To'xtasinov. "Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 2.Zoir Jo'raboev, 8.Ketelin Karp, 9.Xusayn Norchaev, 11.Javohir Qahramonov, 14.Xurshid Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov, 20.Anvar G'ofurov, 21.Muhsin Ubaydullaev, 70.Abbos G'ulomov, 99.Nsungusi Effiong. Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Jaloliddin Jumaboev, 4.Boyan Siger, 10.Shohruz Norxonov, 18.Mixay Roman, 19.Mirzohid G'ofurov, 24.G'ulomhaydar Gulyamov, 66.Doniyor Valiev, 77.Bilolxon Toshmirzaev. Ogohlantirishlar: Temurxo'ja Abduxoliqov (23), Zoir Jo'raboev (45), Sanjar Qodirqulov (50), Muzaffar Olimjono v (64), Narimonjon Ahmadjonov (83).

Ulashish

O'xshash yangiliklar