Yangiliklarga qaytish
Umumiy

AYOLLAR JAMOAMIZDAN ILK G'ALABA!

10-may, 2024·1 min o'qish
IMG_20240510_221354_825

Bugun ayollar o'rtasida Oliy liganing 8-tur bahslari bo'lib o'tdi. Qirgulidagi qarorgoh stadionida Muxlisa Otaqo'zieva bosh murabbiyligidagi ayollar jamoamiz "Buxoro"W klubini qabul qildi. Birinchi bo'lim boshlarida mehmonlar ancha faollik bilan harakatlanib, bir necha bor darvozamizga xavf soldilar. Ammo, darvozamizni qo'riqlagan Ruxsora Usmonova ishonchli o'yin ko'rsatib, barcha xavflarga to'sqinlik qildi. Bellashuv davomida asta sekin ustunlikka erishgan qizlarimiz qarshi hujumga o'tishni boshladilar va 33-daqiqaga kelib chap qanotdan uyushtirilgan hujumni Sharifa G'opporova aniq zarba bilan mehmonlar darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi 1:0. Ushbu hisob tanaffusga qadar o'zgarmadi. Ikkinchi bo'limda buxoroliklar o'yinida ancha jonlanish sezildi va ular tomonidan darvozamizga katta bosim va kuchli zarbalar ko'payganday bo'ldi. Lekin, qizlarimiz ham bo'sh kelmay, qarshi hujumga zo'r berib, hisobni oshirishga ham yaqin edilar. Ushbu vaziyatlarda Zarina Boboeva, Fazilat Baxromova va Sitora Pirnazarovalarning ko'pgina zarbalariga aniqlik yetishmadi. Ba'zi vaziyatlarda esa zaxiradan o'yinga qo'shilgan yosh va iste'dodli hujumchimiz Shaxzoda Alixonovaga biroz tezlik yetishmadi. Uchrashuvning asosiy qismiga qo'shib berilgan daqiqalarda hisobni o'zgartirish ilinjida "Buxoro" W jamoasi yoppasiga hujumga tashlangan bo'lishiga qaramay,final hushtagi chalinganda tablodagi raqamlar 1:0 natijasini muxrlab qo'ydi. Shunday qilib, bugungi uchrashuvda matonat bilan harakatlangan qizlarimiz chempionatdagi dastlabki g'alabalarini nishonlashga erishdilar. Barcha jonkuyar muxlislarimiz nomidan ayollar jamoamizni g'alaba bilan muborakbod etib, ularga keyingi bellashuvlarda ham omad va zafarlar yor bo'lishini tilaymiz. Ayollar oliy ligasi "NEFTChI W" - "BUXORO W" 1:0 Gol: Sharifa G'opporova "Neftchi"W: 12.Ruxsora Usmonova 7.Sitora Pirnazarova 8.Dinora Abdusamadova 10.Zarina Boboeva 11.Fazilat Baxromova 15.Muxarramxon Abdullaeva 17.Sharifa G'opporova 20.Sadoqatxon G'anijonova 22.Gulnozaxon Xamidova 23.Dinora Xudoynazarova 77.Gulmira Abdullaeva Zaxirada: 96.Marjonaxon Xoldorova 6.Guliranoxon Xasanova 14.Sarvinozxon Ablulazizova 31.Husnizar Shukurova 97.Shaxzoda Alixonova Bosh murabbiy: Muxlisa Otaqo'zieva "Buxoro"W: 28.Aziza Chorieva 7.Mohinur Nuridinova 9.Chiroygul Dexqonova 10.Albina Boboqulova 11.Nigina Xaydarova 17.Soxibabonu Seyitmirova 19.Gulchiroy Ibrohimova 21.Feruzaxon Joniqulova 23.Shaxzoda Rashidova 79.Shaxnozabonu Yusupova 88.Farangiz Allamurodova Zaxirada: 12.Dilnura Baxshilloeva 14.Shaxinabonu Xamroeva 18.Rayhona Jo'raeva 20.Gulbahor Saftarova 77.Zilola Sayfiddinova Bosh murabbiy: Obid Rajabov

Ulashish

O'xshash yangiliklar