ASOSIY TARKIB JAMOAMIZ IKKI TOMONLAMA BAHSDA ISHTIROK ETDI

Jamoamiz O'zbekiston Superligasi va kubogi o'yinlariga puxta hozirlik ko'rmoqda. Bugun Farg'ona shahridagi "Istiqlol" stadionida tayyorgarlik doirasida ikki tomonlama nazorat-sinov uchrashuvi o'tkazildi. Ikkiga bo'linib, bahs yuritgan futbolchilar sariq va yashil rangli liboslarda harakatlandilar. Uchrashuv 4:2 hisobida sariq ranglilar foydasiga hal bo'ldi. Gollarga sariqlar tarkibidan Sanjar Qodirqulov ikkita, Nsungusu Efiong va Jaloliddin Jumaboevlar mualliflik qilishgan bo'lsa, yashillardan xar ikki golga Shoxruz Norxonov mualliflik qildi. "Neftchi-Sariqlar" 4:2 "Neftchi-Yashillar" Gollar: 3'— Sanjar Qodirqulov(1:0), 7'— Shohruz Norxonov (1:1), 14'—Effiong Nsungusi (2:1), 22'—Shohruz Norxonov (2:2), 45'—Jaloliddin Jumaboev (3:2), 80'—Sanjar Qodirqulov(4:2). Sariqlar: Botirali Ergashev,Jaloliddin Jumaboev, Muxsinjon Ubaydullaev, Abbosjon G'ulomov, Hurshid Muhtorov, G'ulomhaydar Gulamov, Sanjar Qodirqulov, Mirzohid G'ofurov, Bilolxon Toshmirzaev, Mixay Roman, Effiong Nsungusi Yashillar: Sanjar Quvvatov, Boyan Siger, Anvar G'ofurov, Nodir Ahmadjonov, Ketelin Karp, Shohruh Yoqubjonov, Doniyor Valiev, Javohir Qahramonov, Bexruz Oblaqulov, Diyorjon Turopov, Shohruz Norxonov "Neftchi" PFK matbuot xizmati