Yangiliklarga qaytish
Umumiy

ASOSIY TARKIB JAMOAMIZ IKKI TOMONLAMA BAHSDA IShTIROK ETDI

26-aprel, 2023·1 min o'qish
IMG_20230426_212658_517

Jamoamiz Oʻzbekiston Superligasi va kubogi oʻyinlariga puxta hozirlik yeoʻrmoqda. Bugun Qirgulidagi qarorgoh stadionida tayyorgarlik doirasida ikki tomonlama nazorat-sinov uchrashuvi oʻtkazildi. Ikkiga boʻlinib, bahs yuritgan futbolchilar sariq va yashil rangli liboslarda harakatlandilar. Uchrashuv 2:1 hisobida sariq ranglilar foydasiga hal boʻldi. Gollarga sariqlar tarkibidan Ulugʻbek Xoshimov va Umar Adhamzodalar mualliflik qilishgan boʻlsa, yashillardan Nodirxon Neʼmatxonov golga mualliflik qildi. "Neftchi-Sariqlar" 2:1 "Neftchi-Yashillar" Hakam: Shoxrux Aʼzamov. Gollar: N.Neʼmatxonov 30'(0:1), U.Xoshimov 40' (1:1), U. Adhamzoda 53' (2:1) "Neftchi" (Sariqlar): Vladimir Nazarov, Zoir Joʻraboev, Aleksey Larin, Muxsin Ubaydullaev, Mirzoxid Gʻofurov, Umar Adxamzoda, Lutfulla Toʻraev, Diyor Turopov, Nurillo Toʻxtasinov, Ulugʻbek Xoshimov ( D.Valiev 46), Toma Tabatadze. "Neftchi" (Yashillar): Akbar Toʻraev, Andrey Mishenko, Anvar Gʻofurov, Nodirxon Neʼmatxonov, Abbos Gʻulomov, Sunnatilla Abdullajonov, Gʻulomxaydar Gʻulomov (A.Olimov), Fozil Musaev, Yuriy Batyushin, Izzatilla Abdullaev, Murod Bobojonov. ✅"Neftchi" PFK matbuot

Ulashish

O'xshash yangiliklar