ANVARJON GʻOFUROV "NEFTChI" SAFIDA TOʻP SURADI!
6-dekabr, 2023·1 min o'qish

Anvarjon Gʻofurov "Neftchi"ning ishonchli va malakali himoyachilaridan biri. U jamoaning himoya qoʻrgʻonida fidoyilik namunasini koʻrsatib kelmoqda. Shu bois, uning oʻz jamoasida kelgusi yilda ham toʻp surishga rozi ekanligi inobatga olindi va shartnoma imzolandi. Anvarjon Gʻofurov jamoamiz tarkibida oʻtgan mavsumda 16 uchrashuvda maydonga chiqib, 1321 daqiqa harakat qildi va hakamlar tomonidan uch bor sariq kartochka bilan siylandi. Unga yaxshi niyatlar roʻyobga chiqishida omad va zafarlar tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati