ANVARJON GʻOFUROV: "NASIB QILSA ChEMPION BOʻLAMIZ"

Tajribali ximoyachi Anvarjon Gʻofurov mavsum yakulari boʻyicha klub matbuot xizmatiga intervyu berdi. -Anvarjon yakunlangan mavsum haqida fikrlaringiz? -Avvalambor assalomu alaykum! Mavsum haqida gapiradigan boʻlsam, ushbu mavsum biz uchun oʻtgan yilgidan koʻra ancha qiziqarli oʻtdi. Oldimizga katta maqsadlarni qoʻyib, shu maqsadlar yoʻlida kurashdik. Afsuski, kerakli oʻyinlarda duranglarimiz koʻpayib ketdi. Mavsumning soʻnggi oʻyinida ham medallarni qoʻlga kiritish uchun imkon paydo boʻlgandi. Lekin bundan foydalana olmadik. Ishonamanki, kelasi mavsumda barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda chempionlikni qoʻlga kiritamiz. -Avvalgi mavsumlarda sizni markazda ham harakat qilganingizga guvoh boʻlganmiz. Hozirda markaziy himoyachi rolini ham aʼlo darajada uddalayabsiz. Bularga sabab deb nimalarni ayta olasiz? -Toʻgʻri aytasiz, oldingi mavsumlarda tayanch yarim himoya va markaziy yarim himoya sifatida toʻp surganman. Vitaliy Grigoryevich hozirda markaziy himoya chizigʻidagi harakatlarimdan qoniqyapti. Qolaversa, oʻzimga ham aynan ushbu pozisiyada oʻynash qulay hisoblanadi. Lekin jamoamiz manfaati uchun har qanday pozisiyada oʻynashga tayyorman. -Jamoamiz safida yangi mavsumda ham toʻp surasiz. Shartnomani imzolayotganda nimalarni hisobga oldingiz? -Shartnomani uzaytirganimda jamoa oʻz oldiga yuksak maqsadlarni qoʻyganidan xursandman. Nasib qilsa chempionlikni yangi mavsumda qoʻlga kiritamiz va shu maqsad yoʻlida xudo xohlasa harakat qilamiz. -Jamoamizning bu yilgi yutuqlariga asosiy sabab deb nimalarni koʻrsatgan boʻlardingiz? -Asosiy sabablardan, "Neftchi" bitta oila boʻla oldi va murabbiylarning barcha koʻrsatmalarini toʻgʻri bajara oldi, deb oʻylayman. Bundan tashqarida klub raxbariyati ham mavsum davomida bizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashi va shu bilan birga muxlislar daldasi ham bizga katta yordam berdi, deb oʻylayman. -Yakunlangan mavsumdagi eng esda qolarli uchrashuvlar haqida gapirsaniz -Yakunlangan mavsumdagi eng esimda qolgan oʻyinlardan biri bu "Nasaf" jamoasiga qarshi "Istiqlol" stadionidagi uchrashuvdir. Shu kuni oʻyin oʻta shiddatli kechgan edi. Avval gol urib hisobni ochdik, keyin esa oʻz darvozamizdan toʻpni oʻtkazib yubordik.Soʻnggi daqiqalardagi kiritgan golimiz esa jamoa uchun gʻalabani taqdim etgandi. -Yangi mavsumdan nimalarni kutyapsiz? -Yangi mavsumga yanada yaxshiroq tayyorgarlik koʻrgan holda, oʻtgan mavsumdagi xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz.Maqsadimiz jiddiy. Xudo xohlasa chempionlik uchun kurash olib boramiz. Shuningdek, jamoamiz muxlislaridan yangi mavsumda ham bu yilgidek qoʻllab-quvvatlab turishlarini soʻragan boʻlar edim. Ularning qizgʻin qoʻllab-quvvatlashlari orqali xudo xohlasa maqsadga erishamiz. -Oʻtgan mavsumda sizga qarshi oʻynagan eng kuchli futbolchi kim boʻldi? -Hamma jamoada oʻziga yarasha kuchli futbolchilar bor. Kimnidir alohida koʻrsatib boʻlmaydi. "Neftchi" PFK matbuot xizmati