ANVAR GʻOFUROV "NEFTChI"GA QAYTDI !
28-dekabr, 2022·1 min o'qish

Bugun klub rahbariyati navbatdagi transferni amalga oshirdi. Oʻtgan mavsumning birinchi davrasida jamoamiz sharafini himoya qilgan tajribali himoyachi Fargʻonalik Anvar Gʻofurov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Maʼlumot oʻrnida, Gʻofurov oʻtgan mavsumni birinchi davrasida jamoamizda oʻtkazib, ikkinchi davrda Bekabodning “Metallurg” jamoasida harakat qildi, himoyachi oʻtgan mavsum mobaynida Superliganing 23 ta uchrashuvda maydonga chiqib, 2058 daqiqani maydonda oʻtkazdi. Jamoamiz va muxlislarimiz nomidan tajribali futbolchiga "Neftchi" safida yanada gʻayrat va shijoat bilan harakat qilib, jamoa sharafini yuksak choʻqqilarga koʻtarishga munosib hissa qoʻshishiga ishonamiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati