Yangiliklarga qaytish
Umumiy

ANVAR GʻOFUROV: "MURABBIY BILAN KELIShMOVChILIK KETIShIMGA SABAB BOʻLGAN”

28-dekabr, 2022·1 min o'qish
IMG_20221228_171102_789

Anvarjon avvalambor “Neftchi”safiga qaytganingiz bilan tabriklayman klubga qaytishingizga nima turtki berdi? -Assalomu Alaykum! Jonajon jamoamga qaytganimdan juda ham hursandman, kelishim boisi klubga boʻlgan mehrim va jamoamiz bilan yangi mavsumda medallar uchun kurashish deb hisoblayman.Bundan tashqari jamoamiz safida tajribali futbolchilar yigʻilgan Oʻtgan mavsum birinchi davrasida jamoamizni birinchi davradayoq tark etgansiz bunga sabab nima boʻlgan edi? -Yahshi savol berdingiz, oʻtgan mavsumda “Neftchi”ni tark etish niyatim yoʻq edi, bu borada oʻzimga ham muhlislar koʻp savol berishgan toʻgʻrisini aytaman, ketishimga sabab oʻsha paytdagi murabbiy bilan oramizda ozgina kelishmovchilik boʻlgan edi va jamoani tark etishimga toʻgʻri kelgan. “Neftchi” jamoasi safida oʻynamagan boʻlsangiz ham baribir jamoamizga befarq emassiz, oʻtgan mavsum davralar oraligʻidagi murabbiylar oʻzgarishi jamoaga qanday taʼsir qildi, deb oʻylaysiz? - Murabbiylar shtabi oʻzgarishi bilan “Neftchi”da ijobiy oʻzgarishlarni hamma koʻrdi, Vitaliy Grigorevich Yevropa futboli taktikalarini qoʻlaydigan mutahassis xisoblanadi, uning jamoaga kelishi oʻz samarasini berdi va klub Superligada qoldi, umuman olganda bosh murabbiy taktikalari mening oʻyin amaliyotimga mos keladi, xudo hoxlasa yangi mavsumda medallar uchun kurashamiz. Yangi mavsumga muhlislar uchun tilaklaringiz? -Muhlislarimizga yangi mavsumda “Istiqlol” stadionga kelib qoʻllab quvatlab turishsa biz jonimizni berib maydonda ular uchun oʻynab, mavsum yakunida ularni medallar bilan xushnud etishga harakat qilamiz va kirib kelayotgan yangi yilda barchaga sogʻlik salomatlik oilaviy baht omad tilab qolaman! Mazmunli suhbat uchun sizga rahmat ! Qadrdon jamoamizga xush kelibsiz! "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar