Yangiliklarga qaytish
Umumiy

ANDREY MIShENKO "NEFTChI"NI TARK ETDI

1-avgust, 2023·1 min o'qish
712674_original

Superliganing oʻtgan 2022 yil mavsumida OKMK klubidan jamoamiz safiga kelib qoʻshilgan tajribali himoyachi Andrey Mishenko klub rahbariyati bilan oʻzaro kelishilgan holda shartnoma bekor qilindi va legioner futbolchi Qirgʻiz Respublikasi chempionatida faoliyatini davom ettiradigan boʻldi. Maʼlumot uchun, faoliyati davomida "Neftchi" safida Andrey Mishenko 2 marotaba asosiy tarkibda maydonga tushgan boʻlib, umumiy 197 daqiqa harakat qilgan hamda 1 ta sariq kartochkaga loyiq deb topilgan. Jamoamiz va barcha muxlislarimiz nomidan Andrey Mishenkoga "Neftchi" klubida harakatlanib, qoʻshgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirib qolamiz va kelgusi faoliyatida omadlar tilaymiz. "Neftchi" PFK matbuot xizmati

Ulashish

O'xshash yangiliklar